Hokim kubogi. Yarim finalga chiqqan jamoalar aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 173

Avval xabar berib o'tganimizdek, shu kunlarda Farg'onada katta futbol bayrami davom etmoqda. Bugun “Viloyat hokimi kubogi-2021” xalqaro turnirining chorak final uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Musobaqaning ettinchi kunida muxlislar bir-biridan qiziqarli kechgan bahslarning guvohi bo'lishdi.
Penaltilar seriyasi
Bugun musobaqada birinchi penaltilar seriyasiga guvoh bo'ldik. Farg'onaning “Istiqlol” jamoasiga futbol lotoreyasida omad kulib boqdi. Anvar Berdiev shogirdlari chorak finalda “Buxoro” klubiga qarshi maydonga tushishdi. Mazkur bahsning asosiy qismida durang natija qayd etildi. Reglamentga ko'ra, o'yindan keyin darhol penaltilar seriyasi boshlanib ketdi. Penaltilar seriyasida “Istiqlol” – 5:4 hisobida raqibidan ustun keldi.
“Neftchi”dan yana yirik g'alaba
Musobaqa g'olibligiga asosiy da'vogar bo'lib turgan “Neftchi” jamoasi chorak finalda ham raqibini qiyinchiliksiz mag'lub etdi. Ilhom Mo'minjonov shogirdlari “Navbahor farm” klubini 3:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Farg'onaliklarning legioner futbolchisi Nemanya Obradovich bugungi bahsda raqib darvozasini ishg'ol etdi.
Nosirbek Otaqo'ziev uchun sovg'a
“Qo'qon-1912”– “Turon” uchrashuvi oldidan “Qo'qon-1912” jamoasi prezidenti Baxtiyorjon Tolipov bugun tug'ilgan kunini nishonlayotgan Farg'ona futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Nosir Otaqo'zievni jamoamiz va qo'qonlik muxlislar nomidan tabrikladi hamda esdalik sovg'ani taqdim etdi.
“Derbi”da kichik g'alaba
Musobaqadagi yana bir yarim finalchi nomi – “Qo'qon derbi”sidan keyin aniqlandi. Bu yildan boshlab muxlislar yangi nomdagi “derbi”ga guvoh bo'lishadi. Superliga debyutanti bilan bo'lgan bahsda Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari kichik hisobda g'alaba qozonishdi.
Guruh peshqadamlari yarim finalda
Chorak final uchrashuvlari – guruh bosqichi g'oliblari uchun omadli keldi. To'rtta guruh g'oliblari raqiblarini mag'lub etib, musobaqaning hal qiluvchi bosqichiga etib kelishdi. “Bunyodkor” jamoasi yarim final ostonasida “Nur Batken” klubini 5:0 hisobida tor-mor keltirdi.
"VILOYaT HOKIMI KUBOGI- 2021"
Chorak final
«Neftchi» – «Navbahor farm» - 3:0 (2:0)
Gollar: Abdulloh Olimov 10, Otabek Zokirov 39, Nemanya Obradovich 90.
«Neftchi»: Mashhur Muhammadjonov, Shodiyor Xojimatov, Shavkat Mullajonov, Tohir Shamsitdinov, Saydullo Rahmatov, Xudoyshukur Sattorov, Abdul Aziz Yusupov, Sherzod Karimov, Azam Aliev, Abdulloh Olimov, Otabek Zokirov.
Zaxira: Shuhratillo Rahmonov, Darko Stanoevich, Sarvar Soliev, Nemanya Obradovich, Umar Adhamzoda, Jasur Abdulbekov, Akbar To'raev.
«Navbahor farm»: Mirjalol Mamatxanov, Javohir Olimjonov, Qodirjon Ikromov, Azizbek Nishonboev, Jamol Bahromov, Yunusxon Abduvohidov, Ayubxon Jo'raev, Doniyor Inomov, Xojiakbar Yunusov, Husain Ergashboev, Doston Abdulxaev.
Zaxira: Bobir Maxsumov, Javohir Husanov, Muzaffar Abdullaev, Omadbek Toshtemirov, Abduvohid Sharipov, Azimjon Abduraimov, Komil Tojiddinov, Shohjahon Abbosov.
“Istiqlol” – “Buxoro” – 1:1 (pen.ser – 5:4)
Gollar: Dilyor Ermatov – 38. – Hakimxon Alamxonov-90.
"Istiqlol": F. Turdaliev, Sh. Boyqo'ziev, A. Qurbonov, A. O'ktamov, I. Vaxobov, P. Smolyachenko, S. Sotvoldiev, E. Mamasoliev, M. Saidov, A. Xojimirzaev, D. Isoqov.
"Buxoro": S. Qobuljonov, M. Jumaev, A. Jo'raev, Sh. Salomov, S. Shixov, A. Isroilov, B. Qosimov, Q. Baxodirov, F. Jumanqo'ziev, X. A'lamxonov, A. Safarov.
“Qo'qon-1912” – “Turon” – 1:0 (1:0)
Gol: Sardor Azimov, 24.
“Qo'qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullaev, 3. Bobur Akbarov, 7. Shohnazar Norbekov, 13. Sardor Azimov, 14. Avaz Mamatxo'jaev,15. Oybek Rustamov, 19. Farhod Bekmurodov, 22. Muhammadanas Hasanov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 70. Murod Xolmuhammedov, 99. Mo'min Meliev.
Zaxira: 16. Eldor Adhamov, 46. Xurshid Xo'jaev, 4. Sobit Sindarov, 5. Sardor Etovqo'ziev, 10. Rustam Abduhamidov, 17. Shohruh Xolmatov, 20. Iqbol Malikjonov, 37. Muhsin Normatov, 39. Hamidullo Abduhamidov.
“Turon”: 1. Islom Abdullaev, 43. Jahongir Mehmonov, 38. G'iyos Komilov, 28. Asliddin Toshtemirov, 33. Dostonbek Meliqo'ziev, 51. Sunnatillo Ermatov, 88. Muzaffar Muzaffarov, 70. Sinisha Babich, 29. Abdurahmon Abdulxaqov, 47. Abdulazizxon Abdurashidov, 34. Doniyor Ismoilov.
Zaxira: 87. Akmal Ortiqov, 44. Fozil Musaev, 31. Abduqahhor Hojiakbarov, 26. Ismoil Oxunjonov, 36. Bilolxon Toshmirzaev, 42. G'olibbek Sariboev, 35. Javohir Sohibov, 30. Davron Umirov, 45. Umid Qodirov, 39. Asilbek Qayumov, 95. Jasur Hakimov, 57. Orifxo'ja Abduholiqov.
«BUNYoDKOR» - «NUR BATKEN» (Qirg'iziston») – 5:0 (1:0)
Gollar: Ibrohim Tomiva, 45, Nurillo To'xtasinov, 52, Mirjahon Mirahmadov, 55, 74, Sunnatilla Abdullajonov, 57.
«Bunyodkor»: Ravshan Yagudin, Abdulla Abdullaev (Boburbek Farhodov, 65), Ulug'bek Abdullaev (Diyor Rahimqulov, 71), Islom To'xtaxo'jaev, Muhammadodil Qahramonov, Lutfulla To'raev (Amir Rahmatullaev, 74), Ibrohim Ibragimov (Sanjar Rashidov, 46), G'ayrat Azizxo'jaev (Odiljon Abdurahmonov, 46), Valeriy Akopov (Nurillo To'xtasinov, 46), Ibrohim Tomiva (Sunnatilla Abdullajonov, 46), Shahboz Erkinov (Mirjahon Mirahmadov, 46).
«Nur Batken»: Alisher Paxriddinov, Abdumalik ulu Elaman, Zoyirbek Zaynalov, Dostonbek To'xtanazarov, Izzatbek G'aniev, Nodirxon Kamolov, Jo'rabek Yoqubov, Doston Rashidov (Bekjan Alixonov, 68), Farhod Ne'matov, Rahimbek Mamatkarimov (Ravshanbek Janishev, 86), Dilshodbek Umrzoqov (Emilbek Ergesheli, 44).
"VILOYaT HOKIMI KUBOGI- 2021"
YaRIM FINAL
1 fevral (dushanba)
FarDU o'yingohi
11:00. «Neftchi» – «Bunyodkor»
14:00. «Istiqlol» - «Qo'qon-1912»
Abror DEHQONOV tayyorladi.
Manba: https://t.me/FCKOKAND
Bosh sahifaga
183