«Inter» va «Roma» o'zaro o'yinchi almashish borasida kelisha olishmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251

«Roma» va «Inter» klublari hujumchilar — Edin Jeko va Aleksis Sanchesni o'zaro almashish borasida kelisha olishmadi.
Kelishuvning moliyaviy tomoni rimliklarni qanoatlantirmagani uchun muzokaralar to'xtab qoldi.
Avvalroq «Inter» klubi Jekoni yarim himoyachi Kristian Eriksenga almashtirishni istamagan edi.
Eslatib o'tamiz, bosniyalik futbolchi "Roma" bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan tortishib qolgani uchun "bo'rilar" u bilan xayrlashishni istashmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176