Cholhono'g'li koronavirusdan xalos bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

«Milan» yarim himoyachisi Hoqon Cholhono'g'li koronavirusga topshirgan test manfiy natija berdi.
«Men qaytdim», — deya yozdi Cholhono'g'li Instagram orqali.
Eslatib o'tamiz, turkiyalik futbolchi 17 yanvar kuni COVID-19ga chalingan edi. U bilan birgalikda Teo Ernandes ham virus yuqtirgandi. Cholhono'g'li endi mashg'ulotlarga qaytishdan oldin tegishli tibbiy ko'rikdan o'tadi.
«Milan» 30 yanvar kuni safarda «Bolonya»ga qarshi bahs olib boradi. 26 yoshli Hoqon A seriya doirasida 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 6ta golga assistentlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
152