Ermatov: «Shomurodovning Italiya chempionatidagi faoliyati — o'zbekistonlik yoshlar uchun yaxshi motivatsiya»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 171

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov "Sputnik Uzbekistan" nashri muxbiriga bergan intervyusida "Jenoa" hujumchisi Eldor Shomurodov haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"O'zbekistondagi barcha yosh futbolchilar Eldor Shomurodovning faoliyatini katta qiziqish bilan kuzatib borishmoqda. Natijada ularda kuchli motivatsiya paydo bo'lmoqda. Ular, agar ular ham ishlashda davom etishsa, Eldor kabi muvaffaqiyatga erishish mumkinligini tushunib turishibdi. Mehnat orqali Evropaning top-5 chempionatlarida o'ynash mumkinligini odamlar tushuna boshlashdi.
Shomurodovning har bir o'yinda maydonga tushishini bugun O'zbekiston kutadi. Eldor kamtar va mehnatsevar yigit", — dedi Ermatov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
168