Shomurodov jamoadoshi: "Koronavirus tufayli futboldan ketish haqida o'yladim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 224

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to'p surayotgan "Jenoa" himoyachisi Domeniko Krishito koronavirus sababli futbolchilik faoliyatini yakunlashni o'ylaganini yashirmadi.
"Mening ham sog'ligim borasida muammolar bo'ldi. Futboldan ketish haqida o'ylashni boshlagandim. Lekin, keyinroq bu qadamni tashlashga tayyor emasligimni sezdim. Hozir mashg'ulotlarda qatnashyapman va o'zimni ancha yaxshi his qilyapman", — futbolchining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Football Italia.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159