"Paxtakor"ning Chempionlar Ligasida guruh bosqichi taqvimi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 204

OChLning 2021 yilgi mavsumi guruh bosqichi uchun taqvim ma'lum bo'ldi.
Markazlashgan formatda o'tadigan guruh bosqichida "Paxtakor" 14-29 aprel kunlari ishtirok etadi. Hozircha "V" guruhi o'yinlari qaerda bo'lib o'tishi noaniq. Guruhda vakillari bor assotsiatsiyalar uni qabul qilish uchun OFKga ariza topshirishlari mumkin. Ariza OFKni qoniqtirgan holatda o'sha guruh bahslarini biror mamlakatda bo'lib o'tishi borasida qaror qabul qilinadi.
Guruh bosqichini jamoamiz Eronning "Traktor" klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda pley-off g'olibi bilan to'qnash kelamiz. Keyin esa "Sharja" bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. Taqvim bilan tanishib oling.
1-tur, 14 aprel
"Paxtakor" - "Traktor"
2-tur, 17 aprel
Pley-off g'olibi - "Paxtakor"
3-tur, 20 aprel
"Sharja" - "Paxtakor"
4-tur, 23 aprel
"Paxtakor" - "Sharja"
5-tur, 26 aprel
"Traktor" - "Paxtakor"
6-tur, 29 aprel
"Paxtakor" - pley-off g'olibi

Bosh sahifaga
159