AGMK nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 174

Bugun AGMK jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlik yig'ini doirasidagi ilk nazorat bellashuvida Termizning "Surxon" jamoasiga qarshi maydonga tushdi.
Do'rmondagi qarorgoh maydonida o'tgan uchrashuvda jamoamiz har ikkala taymni ikki xil tarkibda o'tkazdi. Birinchi bo'limda asosan asosiy tarkib futbolchilari to'p tepgan bo'lsa, ikkinchi taymda ko'proq yoshlarga imkoniyat berildi.
Uchrashuv jamoamizning to'liq tashabbusi va ustunligi ostida kechdi. Birinchi taymda G'ofurov, Kasyan, Shoahmedov va Murod Toshmatov xavfli vaziyatlarni vujudga keltirishdi. Biroq oxirgi zarbada ba'zan aniqlik, aksariyat vaziyatda esa raqib posboni to'p yo'liga g'ov bo'ldi.
Ikkinchi bo'limda ham jamoamiz ustunligi davom etdi va hujumlar tashkil etishda ham AGMK faollik ko'rsatdi. Uchrashuvning 75-daqiqasida o'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Eldor Begimov jarima maydonchasiga oshirdi, Sardor Abdunabiev esa boshi bilan to'pni darvozaga aniq yo'lladi. O'yin finishiga yaqin esa Sardor Abdunabiev markazdan rivojlantirilgan hujumni aniq zarbasi orqali golga aylantirib, bellashuvda dubl qayd etdi va uchrashuvda yakuniy hisobni o'rnatdi - 2:0.
Yoshlar jamoasidan jalb etilgan iqtidorlar bugungi bahsda o'zlaridan yorqin taassurot qoldirishdi.
AGMK joriy yildagi ilk norasmiy uchrashuvda AGMK ishonchli g'alaba tarzda g'alaba qozondi.
Nazorat uchrashuvi.
29 yanvar, juma.
AGMK - "Surxon" 2:0
Gollar: Sardor Abdunabiev (75, 90)
AGMK (1-taym): Suhrob Sultonov (Botirali Ergashev, 30) - Mirg'iyos Sulaymonov, Abbos Otaxonov, Sardor Rahmonov, Ergash Ismoilov - Yovan Jokich, Sanjar Tursunov, Sanjar Shoahmedov - Murod Toshmatov, Aleksandr Kasyan, Husniddin G'ofurov.
AGMK (2-taym): Botirali Ergashev (Valijon Rahimov, 60) - Dilshod Ahmadaliev, Bobur Yo'ldoshev, Jasur Umarov, Sheroz Jalolov - Dilshod Jo'raev, Bunyod Turg'unboev, Sarvar Ablaev - Eldor Begimov, Kamron Abdulhamidov, Sardor Abdunabiev.

Bosh sahifaga
158