Joze Mourino murabbiylik faoliyatidagi eng yomon natijani qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 424

«Tottenhem» Premer Ligasining 20-turida 28 yanvar, payshanba kuni «Liverpul»ga yutqazib qo'ydi (1:3).
Bu «shporlar» bosh murabbiyi Joze Mourino uchun APL doirasida «Liverpul»dan uchralgan ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyat bo'ldi. Seriya 2018 yilning 16 dekabrida boshlangan. U vaqtda portugaliyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»da ishlardi.
Bu Mourino faoliyatida liga doirasida bir raqibga qarshi o'yinlardagi eng yomon seriya hisoblanadi, deya xabar qilmoqda Opta.
«Tottenhem» 19 ta o'yinda 33 ochko to'plab, musobaqa jadvalining 6-pog'onasida bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
369