Noodatiy o'xshashlik
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

O'z davrining eng yaxshi futbolchilari deya e'tirof etiladigan Messi, Ronaldu hamda Neymar kutilmagan holda o'zaro o'xshashlik qayd etishdi. Uchala futbolchi ham o'z jamoalarida o'tkazgan so'nggi 100 ta o'yinda bir xil ko'rsatgichda ya'ni, 81 tadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
Assistlar soni bo'yicha braziliyalik yulduz, 46 golli uzatma bilan etakchi. Messi 39 assistni amalga oshirgan. Ronalduda esa ularning soni 14 tani tashkil etgan.
Ma'lumot o'rnida, Messi joriy mavsum La Ligada 11 gol va 4 assistni amalga oshirgan. Liga 1 da to'p tepayotgan Neymar hisobida 4 gol va 4 golli uzatma mavjud. "Yuventus" vakili Ronaldu esa ichki chempionat doirasida 15 gol, 2 assistni o'z hisobiga rasmiylashtirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162