"Liverpul" hujumchisi Suaresni ortda qoldirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 219

Londondagi "Tottenxem" stadionida Angliya Premer-ligasi doirasidagi 20-turinning markaziy bahsi, "Tottenxem" - "Liverpul" bo'lib o'tdi. Uchrashuv «Liverpul» jamoasining 1:3 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Mehmonlarning 3-goliga mualliflik qilgan Sadio Mane Premer-liga doirasida «Liverpul» tarkibidagi 70-to'pini kiritdi va kshbu ko'rsatkich bo'yicha 69 ta gol urgan klubning sobiq hujumchisi Luis Suaresni ortda qoldirdi.
Senegallik «Liverpul» to'purarlari ro'yxatida beshinchi o'ringa ko'tarildi. Robbi Fouler (128) APLda mersisaydliklar safida eng ko'p(128) gol urgan. Ikkinchi o'rinda Stiven Jerrard (120). Keyingi o'rinlardan Maykl Ouen (118) va Muhammad Salah (87)lar joy olishgan.
Manba: BT SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
150