"Barselona" futbolchisi safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 182

Kataloniyaning «Barselona» himoyachisi Serdji Roberto jarohatidan to'liq qutuldi.
28 yoshli futbolchi 2020 yilning 21 noyabr kuni «Atletiko» (0:1) jamoasiga qarshi o'yindan jarohat olgandi va o'shandan beri maydonga tushmay kelayotgandi.
Uning 31 yanvar kuni La Ligani 21-tur doirasida «Atletik» klubiga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushishi hozircha so'roq ostida turibdi.
Serdji Ispaniya Kubogi doirasida «Rayo Valekano» jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushmagan futbolchilar bilan birga mashg'ulot olib bordi. Agar uning jarohati bezovta qilmaydigan bo'lsa, u holda «Atletik» jamoasiga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173