De Yong: «Barselona» haftadan haftaga o'sib bormoqda»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Ispaniya kubogi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Rayo Valekano»ga qarshi o'yin (2:1) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Gol urish uchun etarli vaziyatlar yaratdik. Biz yomon o'ynamadik va g'alabadan qoniqish hosil qildik. Hozirda klub yaxshi davrni boshdan kechirmoqda. Jamoa haftadan haftaga, o'yindan o'yinga o'sib bormoqda. Shunday davom etishimiz kerak. Chorak finalga chiqish muhim ahamiyatga ega edi.
O'zim haqida gapiradigan bo'lsam, Kumanning o'yin sxemasida o'zimni tobora yaxshi his qilyapman. O'z o'yinimni yaxshilash uchun maydonga tushaman», — dedi de Yong.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242