«MYu» muxlislaridan norozi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 899

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi kecha Premer-liga tur o'yini doirasida «Sheffild»ga imkoniyatni boy berib qo'yganidan xabaringiz bor (1:2).
Uchrashuvdan so'ng «qizil iblis» muxlislar o'z jamoasining ba'zi o'yinchilariga nisbatan juda qo'pol tarzda munosabatda bo'lishdi.
Xususan, ishqibozlar Antoni Marsyal hamda Aksel Tuanzebelarni ijtimoiy tarmoqlar orqali ratsizmga oid so'zlar bilan haqorat qilishdi. Bunga esa klub rahbariyati munosabat bildirdi.
«Biz muxlislardan qattiq ranjidik. Kechagi bahs og'ir o'tdi, ilk mag'lubiyatni qabul qilib oldik. Biroq biz "qizil iblislar"miz.
Ratsizmga chiday olmaymiz. Shu sababli bu kabi posterlarni muxlislardan to'xtatishini so'raymiz», - deydi «MYu» rahbariyati.

Bosh sahifaga
242