PFL klubi Habib Nurmagomedovga asosiy tarkibdan joy va'da qilmoqda (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 596

Rossiyaning "KAMAZ" klubi engil vazn bo'yicha UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga jamoaning asosiy tarkibidan joy va'da qilmoqda.
«Xabib, xush kelibsan! Katta futboldagi debyutingizni bizning jamoada amalga oshirishingizni taklif qilamiz. Buning bir nechta sabablari bor.
PFL – bu futbol UFCsi. Bunga yaxshi misol bor – «Ak Bars» xokkeychisi Artyom Lukoyanovning debyuti.
Har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. FNLga chiqish vazifasi bo'lgan ambitsiyali jamoa.
2021 yilning 12 fevralidan 5 mart kunigacha Novorossiyskda bo'lib o'tadigan o'tadigan o'quv-yig'in mashg'ulotlarimizga taklif etamiz», – deyiladi klub rasmiy bayonotida.
Avvalroq, Xabib Nurmagomedov katta futboldagi omadini sinab ko'rish niyatida ekanligini bildirgan edi.
Dobro pojalovat,@TeamKhabib!⚽️????
Predlagaem debyutirovat v bolshom futbole v sostave nashey komandii. Est ryad prichin ⤵️
▫️PFL - UFC @ufc
▫️Est udachniiy primer - debyut xokkeista @hcakbars - Artema Lukoyanova
▫️Igraem kajdiiy match tolko na pobedu
▫️Komanda s zadachey viixoda v FNL pic.twitter.com/33s7vKJKzO

Bosh sahifaga
260