Kuman «Rayo Valekano»ga qarshi o'yinni boshqargan hakamlarni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

Kataloniyaning «Barselona» bosh murabbiyi Ronald Kuman Ispaniya Kubogi doirasida «Rayo Valekano» (2:1) jamoasiga qarshi o'yinni boshqargan hakamlar brigadasini tanqid qildi.
«Uchrashuv mobaynida o'yin qoidasi buzilganini aytganimda u menga sariq kartochka ko'rsatdi. Agar bu vaziyat uchun ham sariq kartochka ko'rsataversa, u holda biz qayoqqa qarab ketyapmiz?
Birinchi bo'limda qoidabuzarlik sifatida baholash va penalti belgilash mumkin bo'lgan bir nechta yakka kurashlar bo'ldi. Ammo, VAR ishtirokida albatta bu qoidabuzarliklarning bittasini ham bizni foydamizga belgilashmadi. Biz bu bilan murosaga kelishimiz kerak», – dedi Kuman.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
272