"Barselona" Garsiyaning transferini rasmiylashtira olmasligini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

Angliyaning "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya qishki transfer borasida "Barselona"ga ko'chib o'tmasligi aniq bo'lib bormoqda. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishiga qaraganda, kataloniyaliklar moliyaviy qiyinchilik sababli 20 yoshli futbolchining transferini rasmiylashtira olmasliklari mumkin.
Bu qaror klub rahbariyati tomonidan qabul qilindi. Garsiya bilan shartnoma kelayotgan yozda tuzilishi mo'ljallanmoqda. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi yozda yokuniga etadi va erkin agentga aylanadi.
Joriy mavsum Erik Garsiya "Manchester Siti"ning sakkizta o'yinida maydonga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217