"Paxtakor" uzoq kutilgan transferni e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 223

Yarim himoyachi Aziz Turg'unboev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi.
"Paxtakor" va "Navbahor" futbol klublari o'rtasidagi kelishuvga binoan Aziz Turg'unboev "sherlar" safiga transfer qilindi. 27 yoshli futbolchi hozirgacha Superligada 110 o'yinda ishtirok etib, 26 gol muallifiga aylangan. "Paxtakor" va Aziz Turg'unboev o'rtasida ikki yillik shartnomaga imzo chekildi. Shu tariqa endi hujumkor yarim himoyachi "Paxtakor" sharafini himoya qiladi.
"Paxtakor" futbol klubi Aziz Turg'unboevni jamoamizga o'tishi bilan tabriklaydi. Umid qilamizki, u "Sherlar" safida yangi g'alabalar va sovrinlarga ega chiqadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
203