UEFA Evro-2020ni 12ta shaharda o'tkazmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 362

UEFA uchun Evropa chempionatini 12ta shaharda o'tkazish hamon ustuvor vazifa hisoblanadi. Tomoshabinlarning stadionga kiritish masalasi bo'yicha yakuniy qaror mart mart oyida emas, aprel oyida qabul qilinadi.
«Umid qilaman, musobaqa yaqinlashgan paytda virus bilan bog'liq vaziyat o'zgaradi. Shuning uchun mezbon-shaharlar va mamlakatlar rahbariyatiga Evroga tayyorgarlik ko'rish uchun imkon qadar ko'proq vaqt berish kerak.
Muxlislar bilan futbol butunlay boshqacha bo'ladi. Ishqibozlarni tezroq stadionga qaytarish uchun o'zimizga keng imkoniyatni taqdim etishimiz kerak», – dedi UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin.
Eslatib o'tamiz, musobaqa iyun-iyul oylarida bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
195