Sulsher: «Hakam ikki marta xatoga yo'l qo'ydi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225

Angliyaning «Manchester Yunayted» ustozi Ole-Gunnar Sulsher APL doirasida «Sheffild Yunayted» (1:2) jamoasidan qabul qilib olingan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
«Biz har doim to'pga egalik qildik, lekin qachonki alamli ikkita gol o'tkazib yuborsang, vazifang murakkablashadi. Biz etarlicha gol kiritish uchun etarlicha vaziyatlarni yarata olmadik.
Birinchi kiritilgan golda Billi Sharp David De Xeani turtib yubordi. Bizning esa bekor qilingan golimizda fol ishlatmagandik. Hakam ikki marta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.
Ikkinchi o'tkazib yuborilgan golda juda beparvo o'ynadik. Ikkinchi golni o'tkazib yubormasligimiz kerak edi. Biz to'pga dosh bermadik, uch-to'rtta yomon qaror qabul qildik, bu bizning xarakterimizga mos emas», – dedi Sulsher.

Bosh sahifaga
274