"Sheffild Yunayted" ustozi: «Shogirdlarimning oyog'i erdan uzilib qoldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 195

Angliyaning «Sheffild Yunayted» ustozi Kris Uaylder APL doirasida «Manchester Yunayted» (2:1) ustidan safarda qo'lga kiritilgan g'alaba haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Joriy mavsum biz uchun quvonchli lahzalar ko'p bo'lmadi. Hozir futbolchilarimiz kiyinish xonasida sakramoqdalar, oyoqlari erdan uzilib qoldi va biz bunga bugun haqlimiz. Bu mavsum biz uchun qiyin o'tmoqda, lekin ertaga men shogirdlarimni erga tushiraman. Ajoyib natija, futbolchilarim uchun xursandman.
«Old Trafford»da g'alaba qozonishni uzoq vaqtdan beri kutgan edik, bu alohida natija va o'zgacha o'yin.
Fil Jagelka barcha joyda yaxshi harakat qildi. U Maguayrga gol kiritishiga imkon bergani uchun tanqid eshitadi, lekin u bugun himoyamizni ushlab turdi. Shovqindan uzoqlashishni va o'z ishini qilishni bilish kerak. Hisobimizda ko'proq ochko bo'lishi kerak edi, ammo biz bor narsamizga asos solishimiz kerak.
Men aqlbovar qilmas najot boshlandi deb aytmagan bo'lardim, lekin biz nimaga loyiq ekanligimizni ko'rsatmoqchiman», – dedi Uaylder.

Bosh sahifaga
182