Ubaydullaev “Shaxtyor” tarkibidagi birinchi golini kiritdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 190

Bekobodning “Metallurg” jamoasidan Soligorskning “Shaxter” jamoasiga transfer qilingan Shahzodbek Ubaydullaev Belorus jamoasidagi birinchi golini kiritdi. Buning uchun Shahzodbekka 56 daqiqa kifoya qildi.
Ubaydullaev yangi jamoasi bilan mavsum oldi yig'inini BAA maydonlarida o'tkazmoqda. “Shaxtyor” murabbiylari Shahzodbekni “Dinamo” (Kiev)ga qarshi o'tkazilgan nazorat uchrashuvida (0:2) maydonga tushirishmagan bo'lishsa, Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasiga qarshi uchrashuvning (0:2) ikkinchi bo'limida o'zbek hujumchisiga imkoniyat berishdi.
Uchinchi nazorat uchrashuvi BAAning “Liva” jamoasiga qarshi o'tkazildi va Ubadullaev boshlang'ich tarkibdan joy oldi. Mazkur o'yinning 11-daqiqasidayoq Shahzodbek “Shaxtyor” tarkibidagi birinchi golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bugun “Metallurg” sobiq hujumchisi soligorskliklar bilan “Krasnodar” jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Bosh sahifaga
187