Buffon A seriya rekordini o'rnatishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 542

"Yuventus" darvozaboni Janluidji Buffon o'z jamoasi bilan shartnomani uzaytirib, Italiya chempionati tarixidagi eng yoshi katta futbolchiga aylanmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira "Twitter" orqali xabar tarqatdi.
Ayni paytda rekord "Latsio"ning sobiq darvozaboni Marko Ballottaga tegishli bo'lib, u 44 yoshu 38 kunlik paytida A seriyada to'p tepgan.
Buffon ertaga — 28 yanvar kuni 43 yoshga to'ladi. Uning "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan. Agar u "Yuve" bilan kelishuvni bir yilga uzaytirsa, Ballottaning rekordini yangilaydi.
Janluidji joriy mavsumda "Yuventus" safida 6ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol o'tkazib yubordi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189