Yuran O'runovning yoshi haqidagi aytgan fikri uchun jarima jazosiga apellyatsiya beradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

«SKA-Xabarovsk» bosh murabbiyi Sergey Yuran Rossiya futbol ittifoqi Etika qo'mitasining qaroriga nisbatan apellyatsiya berishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, rossiyalik mutaxassis televideniening jonli efiri orqali «Spartak» yarim himoyachisi Oston O'runovning yoshi pasportiga nisbatan katta ekanini aytgan edi. Buning uchun RFI uni 250 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi.
«Asoslovchi qismni bugun oldim, yuristim uni o'rganyapti. Uch kun ichida biz apellyatsiya berishimiz mumkin. Men esa albatta shunday qilmoqchiman.
Bu juda yomon. Nazarimda, bunday fikr uchun chorak million rubl miqdorida jarimaga tortilgan ilk inson men bo'lsam kerak», – dedi Yuran.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
319