«Barselona» «Real» tarbiyalanuvchisiga ko'z tikdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

"Barselona" klubi "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" Xunior Firponing o'rniga ispaniyalik futbolchini olib kelishmoqchi.
30 yoshli Alonso "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016 yildan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalar doirasidagi atigi 3ta o'yinda maydonga tushdi. Uning londonliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170