Rasman: Kokorin «Fiorentina»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

"Spartak" hujumchisi Aleksandr Kokorin faoliyatini Italiyaning "Fiorentina" klubida davom ettiradigan bo'ldi. Bu haqda florentsiyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
29 yoshli rossiyalik futbolchi kecha tibbiy ko'rikdan o'tgan bo'lsa, bugun "siyohranglilar" bilan shartnoma imzoladi. U "Fiorentina" safida 91-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi.
Futbolchi jamoaning ilk mashg'ulotida ishtirok etishga ham ulgurdi. Uning "Fiorentina" bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzildi. "Spartak" ushbu transferdan 4,5 mln. evro oladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
170