«Neftchi» qarorgohidan daraklar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

Yangi mavsumga qizg'in xozirlik ko'rayotgan Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi tarkibini shakllantirish maqsadida bir qancha tajribali futbolchi va mutaxasislar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Hozirgi kunda farg'onaliklar tarkibida bir qancha nomdor va tajribali futbolchilar ko'rikda bo'lib turibdi. shu kunga kelib jamoamiz rasman quydagi futbolchi va murabbiy bilan shartnoma imzoladi.
Ular quydagicha: Aleksandar Stojmirovich - jismoniy tayorgarlik bo'yicha bosh murabbiyga yordam beradi,
Anvar Soliev —maslahatchi murabbiy,
Sherzod Hakimov — selektsioner murabbiy,
Aziz Alijonov — yoshlar jamoasi bosh murabbiyi,
Shavkat Mullajonov, Azam Aliev, Sherzod Karimov, Tohir Shamsiddinov, Mashhur Muhammadjonov, Xudoyshukur Sattorov, Darko Stanoevich, Darko Stanojevich, Abdul Aziz Yusupov, Nemanya Obradovich, Saydullo Rahmatov kabi tajribalik futbolchilar bilan kelishuvga erishildi.
Akmal Shorahmedov bilan yaqin kunlarda rasman shartnoma imzolanadi. Selektsiya ishlari davom etmoqda. "Neftchi" yana bir qancha nomdor va maxoratli futbolchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Neftchi" FK matbuot xizmati

Bosh sahifaga
190