«Lokomotiv» ispaniyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Ispaniyalik himoyachi faoliyatini «Lokomotiv»da davom ettiradi.
Ispaniyaning «Deportivo» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Diego Bardanka Florez bundan buyon "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi. Gladiatorlarga xos antropometrik ko'rsatkichlarga ega himoyachi jamoaga «Indjiya»dan kelib qo'shildi.
190 sm bo'yli, 80 kg vaznli chapaqay himoyachi ham markaziy, ham chap qanot himoyasida bemalol o'ynay oladi. Bunga qadar u «Valyadolid», «Rekreativo», «Levante» kabi jamoalarda ham faoliyat olib borgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182