Yovich: «Ayntraxt»da o'zimni yaxshi his qilyapman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 207

"Ayntraxt" hujumchisi Luka Yovich Germaniya chempionatiga qaytganidan xursand ekanini aytdi.
"Jamoada o'zimni yaxshi his qilyapman. Bu maydonda ko'rinyapti. "Real" safida bir yarim yilda ikkita gol urgandim, bu erda 3ta o'yinda uchta gol urdim. Shahar, klub va jamoa men uchun yaratilgandek go'yo.
"Real"da omadim kelmadi. Menga jarohatlar xalal berdi, shaxsiy hayotim o'rniga tushmadi. Madridda yaxshi vaziyatlar bo'ldi, u erda tajriba to'pladim", - dedi serbiyalik forvard.
Eslatib o'tamiz, yarim yillik ijara yakunlangach Yovich yozda "Real"ga qaytadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
202