UEFA "Evro 2020" masalasida to'rt variantni ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 302

UEFA 2020 yilgi Evropa chempionatini 12 stadionda o'tkazishga sodiq qolmoqda, deya xabar beradi The Independent. Manbaga ko'ra, UEFA hozirgi 12 ta mezbon bilan aloqada. Ular musobaqani o'tkazish uchun o'zlarining yuqori tayyorgarligini ma'lum qilishgan.
Xabar qilinishicha, hozirda federatsiya stadionlarni to'ldirish uchun to'rtta asosiy variantni taqdim etmoqda - to'liq, 75 foiz, 50 foiz yoki 25 foiz. Avvalroq koronavirus pandemiyasi sababli "Evro-2020" 2021 yilga qoldirilgandi. Shu bilan birga, UEFA musobaqa nomini o'zgartirmaslikka qaror qildi.
Dastlab, Evropa chempionati 12 shaharda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan edi. Bo'lar: Sankt-Peterburg, London, Myunxen, Boku, Rim, Buxarest, Kopengagen, Amsterdam, Bilbao, Glazgo, Budapesht va Dublin.

Bosh sahifaga
195