"Andijon" o'z futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

"Andijon" futbol klubi matbuot xizmatining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, klub rahbariyati jamoaning iqtidorli futbolchisi Farhod Sohibjonov bilan amaldagi shartnomani uzaytirdi.
Sohibjonovning amaldagi shartnomasi 2021 yilning 30 dekabr kunigacha amal qilardi. U bilan shartnoma qancha muddatga uzaytirilganligi haqida ma'lumot berilmagan.
Farhod "Andijon" futbol klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va jamoaga Otabek G'ulomxo'jaev kelgach, asosiy tarkibda maydonga tushishni boshladi.


P.S: "Andijon" jamoasining legioner futbolchilardan qarzdorligi borligi sababli, qarzlar to'liq hisob-kitob qilinmaguncha yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish boradi FIFA ta'qiq qo'ygan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238