«Milan»ning 2019/20 yilgi mavsum uchun formasi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4222

Footyheadlines portali «Milan» klubining 2019/20 yilgi mavsumda uy o'yinlarida foydalanadigan formasi suratlarini e'lon qildi.
Libos an'anaviy qizil-qora yo'l-yo'l ranglarda yaratilgan bo'lib, hattoki uning eng va orqa tomoni ham shunday dizayn berilgan. Futbolkaning yoqa qismi aylana shaklida bo'lib, qora hoshiya berilgan. "Rossoneri" mazkur klassik dizayndan bir vaqtlar foydalangan.
Uy o'yinlarida kiyiladigan short va getra oq rangda. Eslatib o'tamiz, "Milan"ni PUMA kompaniyasi liboslar bilan ta'minlaydi.



Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210