Skolari «Kruzeyro»dan iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238

Braziliyaning «Kruzeyro» klubi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari iste'foga chiqarildi. Tomonlar shartnomani muddatidan avval bekor qilishga qaror qilishdi.
Braziliya "B" seriyasida ishtirok etayotgan klub 3 oy avval Skolari bilan shartnoma imzolagandi. «Kruzeyro» 72 yoshli mutaxassis qo'l ostida 21ta uchrashuvda maydonga tushib, 9ta g'alaba, 8ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etdi. Jamoa "A" seriyaga chiqish vazifasini uddalay olmadi.
Skolari bundan 20 yil avval ham «Kruzeyro»da ishlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
284