«Roma» o'z etakchilaridan birini sotmoqchi ammo...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

«Roma» o'z hujumchisi Edin Jeko uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Bosniyalik 34 yoshli hujumchining sotilishi mumkin bo'lgan sabab bosh murabbiy Paulo Fonseka bilan ziddiyatdir.
«Roma» ustozi bilan ziddiyat tufayli Edin Jeko sardorlik bog'ichidan mahrum qilingan edi. Bosniyalikning o'zi «Roma» dan ketmoqchi emas.
Jeko «bo'rilar»ga sodiqligini sentyabr oyida, «Yuventus» unga qiziqish bildirganida isbotlagan edi. Shuningdek, u hozir ham Rimni tark etishni istamaydi chunki uning oilasi allaqachon, shu shaharga o'rganib qolgan.
Ma'lumot uchun, futbolchi joriy mavsum 15 o'yinda 7 gol urib, 1 assist qayd etgan.
Manba: Corriero dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239