Rasman: «Chelsi» Lempardni iste'foga chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296

«Chelsi» klubi bosh murabbiy Frenk Lempardni iste'foga chiqardi.
42 yoshli mutaxassis 2019 yilning iyul oyida londoniklar bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Ammo joriy mavsumda jamoaning natijalari pasayib ketgani uchun rahbariyat uni iste'foga chiqarishga qaror qildi. Klub APL jadvalida 8-pog'onani egallab turibdi.
Ma'lumotlarga qaraganda, "Chelsi"ni boshqarish uchun asosiy nomzod sifatida Tomas Tuxel tilga olinmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
206