Ibrahimovichning sochini oldirib tashlagani haqida surati fotomontaj bo'lib chiqdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovichning sochini taqir qilib oldirib tashlagani haqidagi surat fotomontaj bo'lib chiqdi. 39 yoshli futbolchi mazkur rasmni o'z Instagramiiga joylagan edi.
"Sky Sport Italia" jurnalisti Zlatanning ikkita suratini yonma-yon qo'yib, ulardan biri soxta ekanini aniqladi. Ularning haqiqiysi 2020 yilning 19 oktyabr kuni olingan bo'lib, ikkinchisi kompyuterda ishlov berilgani sezilib turibdi.
Shvetsiyalik futbolchi bu suratni e'lon qilish orqali «Milan» barchasini noldan boshlashiga ishora qilgan bo'lishi mumkin.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245