Farg'onada futzal murabbiylari uchun o'quv-kurslar tashkil etilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 184

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish to'g'risidagi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 22-28 yanvar kunlari OFKning “Level-2” futzal trenerlik litsenziyasi o'quv kursi bo'lib o'tmoqda.
Farg'ona shahrida tashkil etilayotgan o'quv kursini OFK instruktori Avaz Maksumov olib bormoqda. O'FA instruktorlari Farrux Zokirov va Furqat Xayrullaev yordamchi vazifasida faoliyat ko'rsatmoqda.
OFKning «Level-2» futzal trenerlik litsenziyasi o'quv kursida 15 nafar murabbiy ishtirok etishi ko'zda tutilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250