Levandovski «Shalke»ga qarshi o'yinda 3ta Bundesliganing 3ta rekordini o'rnatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 239

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionatining 18-turi doirasida bo'lib o'tgan «Shalke»ga qarshi o'yinda (4:0) bitta gol urdi.
Levandovski uchun mazkur gol Bundesliganing joriy mavsumidagi 23-gol bo'ldi. Shu paytgacha hech bir futbolchi chempionatining dastlabki 18ta turidan so'ng buncha gol urmagandi. Bu haqda "Bavariya" matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Shuningdek, 32 yoshli futbolchi yana 2ta rekord o'rnatdi. Birinchidan, Robert Germaniya chempionatida safardagi ketma-ket 8ta o'yinda gol urishga erishgan ilk o'yinchiga aylandi.
Ikkinchidan, Levandovski «Shalke»ga qarshi ketma-ket 11ta uchrashuvda maydonni golsiz tark etmadi. Bu ham Bundesliga uchun rekord hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
245