Sulsher: «Brunu jarima zarbasidan gol urishiga ishonchim komil edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 194

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Angliya liga kubogining 1/16 final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Liverpul»ga qarshi o'yin (3:2) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Ajoyib. Biz haqiqatan ham juda yaxshi o'ynadik, chiroyli gollar urdik.
«Liverpul»ga qarshi o'yinda jamoa yaxshi himoyalanishi kerak, o'tkazib yuborilgan gollarga ko'rsatgan reaktsiyamiz yaxshi bo'ldi. Albatta, o'yin so'ngida darvozamiz oldida vaziyatlar bzaga keldi, ammo himoyada ishonchli harakat qila oldik.
Fernandesh jarimadan chiroyli gol urdi. Brunu mashg'ulotdan keyin ham 45 daqiqa qolib, jarima zarbalarini mashq qiladi. Kecha ham shunday qilgandi. Shuning uchun bugun unda imkoniyat yuzaga kelsa, gol urishiga ishonchim komil edi.
Reshford hujum markazida, o'ngda va chapda o'ynadi. Agar bugun ertaroq gol ursak, qarshi hujumda samarali harakat qilishimiz mumkinligini sezgandik. «Liverpul» esa chuqur himoyalanadi. Shuning uchun to'pni egallagan zahoti tez harakat qilishimiz kerak edi. Shunday qildik ham», – dedi Sulsher.

Bosh sahifaga
259