OFK Osiyoning eng yaxshi legioner futbolchisini aniqladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 254

Janubiy Koreya milliy terma jamoasi va Londonning «Tottenxem» klubi futbolchisi Son Xiin Min OFK talqiniga ko'ra 2020 yilning xalqaro maydonda to'p surayotgan Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Mukofot odatda Osiyolik futbolchilarning mintaqadan tashqaridagi o'yinlari, shuningdek, terma jamoadagi hatti-harakatlarini inobatga olgan holda, o'z egasiga topshiriladi.
2020 yilda Janubiy Koreyada yil futbolchisi deb topilgan shuningdek, utgan yildagi mahsuldorlikni joriy mavsumda ham jadal davom ettirayotgan Son, hozirga qadar ushbu sovringa 3 marotaba ega chiqqan. Koreyalik yulduz, joriy mavsum APL da 18 o'yin o'tkazib, 12 gol va 6 assist muallifiga ham aylangan.
Osiyoning eng yaxshi futbolchisini aniqlash jarayoni qiziqarli tarzda kechdi. Yakunda, kuchli o'nlik quyidagicha ko'rinish oldi:
1.Son Xiin Min ("Tottenhem"/Janubiy Koreya)
2.Mehdi Taremi ("Portu"/Eron)
3.Ali Adnan ("Vankuver"/Eron)
4.Nikita Rukavitsa ( "Makkabi Xayfa"/Avstraliya)
5.Serdar Azmun ("Zenit"/ Eron)
6.Taxekiro Tomiyasu ("Balonya"/Yaponiya)
7.Li Kan In ("Valensiya"/Janubiy Koreya)
8.Kavex Rezai ( "Sharlerua"/ Eron)
9.Takumi Minamino ( "Liverpul"/ Yaponiya)
10. Daiti Kamada ( "Ayintraxt" Frankfurt/ Yaponiya)
Manba: AFC.com
Bosh sahifaga
222