A seriya. «Jenoa» muhim g'alabani qo'lga kiritdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329

Italiya chempionatining 19-turi doirasida «Jenoa» o'z uyida «Kalyari»ni qabul qilib, muhim g'alabani qo'lga kiritdi.
Genuyaliklar bahsning 10-daqiqasida hisobni ochishdi. Shomurodov o'ng tomondan jarima maydoniga kirdi. Hamyurtimiz ikki himoyachi qurshovida bo'lishiga qaramay, to'pni Strotmanga etkazdi. U esa qulay joyda ochilgan Destroni to'p bilan ta'minladi. Mattiya aniq zarba bilan darvozani zabt etdi.
Shomurodov birinchi bo'lim so'ngida juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Darvozaga yaqin joyda hamyurtimiz to'pni posbonning ustidan oshirib gol urishga harakat qildi. Ammo to'p yuqoridan o'tib ketdi.
Ikkinchi bo'limda tashabbus "Kalyari" tomonida bo'ldi. Shomurodov esa 77-daqiqada engil jarohat olgani uchun zaxiraga olindi. "Jenoa" g'alabani saqlab qolgancha o'z ochkolarini 18taga etkazdi va 15-pog'onaga ko'tarildi.
Italiya A seriyasi, 19-tur
Jenoa – Kalyari 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 10 Destro.
Jenoa – Perin, Krishito, Dzappakosta, Masello, Chiborra (Ongene, 56), Strotman (Bexrami, 63), Radovanovich, Badel, Zayts (Melegoni, 77), Destro (Pandev, 62), Shomurodov (Pyatsa, 77).
Kalyari – Krano, Likoyannis, Godin, Dzappa, Cheppitelli, Dankan (Sottil, 70), Nainggolan (Pereyro, 85), Marin, Nandes, Joao Pedro, Simeone (Cherri, 70).
Ogohlantirishlar: Destro (18), Nandes (20), Dzappa (85).

Bosh sahifaga
217