UFC 257. Dastin Pore 2-raunddayoq Konor Makgregorni dahshatli nokautga uchratdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289

Abu-Dabidagi (BAA) «Jangchilar oroli»da Toshkent vaqti bilan 24 yanvar tongida UFC 257 musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqaning asosiy jangi Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasida kechdi. Birinchi raund kutilganidek Makgregorning ustunligi ostida kechdi. Biroq ikkinchi raundda Pore faollik qo'shdi va zarbalar seriyasini ijro etdi. Ketma-ket zarbalardan keyin hakam jangni to'xtatdi va texnik nokaut qayd etdi. Shu tariqa Pore Konordan revansh olishga muvaffaq bo'ldi.
Yana bir asosiy jang Bellator’ning sobiq yulduzi Maykl Chendler va tajribali Den Huker o'rtasidagi kechdi. Chendler UFC’dagi debyut jangining birinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi.
Asosiy kardning yana bir jangida o'zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov amerikalik Endryu Sanchesga qarshi oktagonga ko'tarildi. Murodov uchinchi raundda raqibini nokautga uchratib, promoushendagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
UFC 257 musobaqasi natijalari bilan tanishing:
Asosiy kard:
— Dastin Pore (27-6) ikkinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Konor Makgregorni (22-5) mag'lubiyatga uchratdi;
— Maykl Chendler (22-5) birinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Den Hukerni (20-10) mag'lub etdi;
— Joann Koldervud (15-5) ochkolar hisobiga ko'ra Jessika Aydan (15-9) ustun bo'ldi;
— Mahmud Murodov (25-6) uchinchi raunddagi texnik nokaut evaziga Endryu Sanchesni (12-6) mag'lub etdi;
— Marina Rodriges (22-1-2) ikkinchi raundda Amanda Ribasni (10-2) nokautga uchratdi.
Prelim kard:
— Arman Sarukyan (17-2) ochkolar hisobiga ko'ra Mett Frevolani (8-2) engdi;
— Bred Tavares (18-6) ochkolar hisobiga ko'ra Antonio Karlos Juniordan (10-5) ustun keldi;
— Xulianna Penya (11-4) uchinchi raundda bo'g'ish usulini qo'llab Sara Makmanni (12-6) taslim etdi;
— Marsin Praxnio (14-5) ochkolar hisobiga ko'ra Halil Rauntrini (9-6) engdi;
— Movsar Evloev (14-0) ochkolar hisobiga ko'ra Nik Lensni (30-12-2) mag'lub etdi;
— Amir Albazi (14-1) ochkolar hisobida Jalgas Jumagulovdan (13-5) ustun keldi.
DOWN GOES MCGREGOR #UFC257 pic.twitter.com/PQ18QY3Ak4
— DraftKings (@DraftKings) January 24, 2021 Manba: daryo.uz
Bosh sahifaga
200