Falkaoga MLSdan takliflar bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Kolumbiyalik forvard, hozirda Turkiyaning «Galatasaray» klubida to'p surayotgan Radamel Falkao xizmatlariga AQShning bir qator nomdor jamoalari qiziqish bildirmoqda.
AS ma'lumotiga ko'ra, 34 yoshli futbolchi qishda jamoani tark etishga yaqin. Buni «Galatasaray» prezidenti Mustafa Jengiz ta'kidlab o'tdi. U klubga manfaatli taklif tushadigan bo'lsa Radamelni qo'yib yuborishiga tayyor ekanligini yashirmadi.
Hozircha Falkao xizmatlariga MLSning «Neshvill» hamda "Portlend Timbers" jamoalari qiziqmoqda.
Hozirda futbolchi turk klubida yiliga 5 million evro maosh oladi. U joriy mavsum jamoasi safida 16 ta o'yinda maydonga tushib raqiblari darvozasini 10 marta ishg'ol qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
122