Vadim Evseev: «O'runovning salohiyati yuqori»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

«Ufa» klubi sobiq bosh murabbiyi Vadim Evseev "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida «Spartak» yarim himoyachisi Oston O'runov haqida o'z fikrini bildirib o'tdi.
– Siz Oston O'runovni yaxshi bilasiz, u bilan «Ufa»da birga ishlagansiz. Nima deb o'ylaysiz, futbolchi Moskva va «Spartak» muxlislari bosimiga dosh bera olmadimi yoki yana kutishimiz kerakmi?
– U 19 yoshda ekanini unutmang. Bunday yoshda har qanday kishi yangi klubga moslashib keta olmaydi. O'runov Rossiya chempionatiga kelganiga hali ikki yil bo'lgani yo'q.
Unga vaqt va murabbiyning ishonchi zarur. Ko'p narsa murabbiyga bog'liq. Lekin «Spartak» kabi jamoada har qanday murabbiy darhol natija ko'rsatishi kerak.
Ostonning salohiyati yuqori. Jismoniy jihatdan u etuk o'yinchilardan qolishmaydi. Masalan, uning jismoniy ko'rsatkichlari Vlashichniki bilan bir xil. Mushaklar vazni ularda bir-biriga yaqin. Tezlikda aldab o'tish, maydonni ko'ra olish, zarba — unda barcha narsa bor!
Ammo biz Xorvatiya terma jamoasi a'zosi, TsSKAga qadar APLning «Everton» klubida o'ynagan futbolchi bilan O'zbekiston chempionatidan kelgan o'yinchini taqqoslayapmiz. Shuningdek, ularning yoshi turlicha. Vlashich etuk o'yinchi sifatida kelgan bo'lsa, O'runov endi boshlamoqda. Ehtimol, doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun ijaraga o'tishi kerak.
U «Spartak» klubiga o'tgunga qadar, TsSKA unga qiziqish bildirgandi. Yuz foiz. Aslida TsSKA yanvar oyida unga viza qilib bera olmagani uchun Oston «Ufa» safiga qo'shilgandi. Shuningdek, unga "Rubin" ham da'vogarlik qilgandi. Avgust oyida qozonliklar bilan o'ynaganimizda jamoa bosh murabbiyi Slutskiy mendan O'runov haqida batafsil ma'lumotlarni so'ragandi.
– O'runov mentilitet jihatdan jiddiy klubda o'ynashga tayyormi?
– Kamtar, og'ir-bosiq yigit. Maqtanchoq emas.
– Uning instagramga qo'ygan surati borasida nima deya olasiz?
– Bo'lar ish bo'ldi — nima muammo? Men uchun muhimi shuki, u mashg'ulotda o'yinni o'ziga olishdan, aldab o'tishdan qo'rqmasdi. Jamoadoshlari, albatta, bundan jahli chiqardi. Bir marta unga nisbatan qo'pol o'ynashgandi. Ammo u na og'riqni, na tajovuzkorlikni ko'rsatgan edi. O'runov og'riqqa sabr qilishni biladi. O'ylashimcha, uning kelajagi porloq.

Bosh sahifaga
205