«Nasaf» bir qator yosh futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 225

«Nasaf» futbol klubi o'tgan mavsumda bosh jamoamiz safida debyut mavsumini o'tkazgan va muxlislar e'tiborini qozongan Husayn Norchaev, Abubakrrizo Turdialiev hamda Murodbek Xo'jamberdievlar bilan o'rtadagi shartnoma muddatlari 2023 yil oxirigacha uzaytirildi.
O'zingizga ma'lum, o'tgan mavsumda Husayn Norchaev uchala jamoamiz tarkibida harakat qilib, har uchala jamoa bilan ham sovrin yutgan futbolchiga aylangandi. Norchaev debyut mavsumdayoq Superligada uchta gol urishga erishgan. Abubakrrizo Turdialiev ham Superligada ikkita golga hammualliflik qildi. Jamoamizning yana bir umidli futbolchisi Murodbek Xo'jamberdievni Superligadagi o'yinlari bilan muxlislar ko'nglidan joy oldi deb bemalol aytish mumkin.
«Nasaf» futbol klubi rahbariyati hozirgi kunda bir qator etakchi futbolchilarimiz Marko Stanoevich, Bobir Abdixoliqov hamda Sharof Muhitdinovlar bilan ham muzokara olib bormoqda. Muzokaralar yakunlanganidan so'ng siz aziz muxlislarga bu haqida ma'lumot beramiz.
Manba: "Nasaf" matbuot xizmati
Bosh sahifaga
176