«Napoli» hujumchisi koronavirusdan forig' bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 153

Neapolliklar hujumchisi Viktor Osimhen koronavirusdan qutuldi, deb xabar berdi klubning matbuot xizmati o'zining tvitter sahifasida.
2 yanvar kuni Osimhen koronavirus infektsiyasini yuqtirgani ma'lum bo'lgan edi. Sog'aygan hujumchi 24 yanvar kuni «Verona» ga qarshi Italiya chempionatida ishtirok etishi mumkin.
Ma'lumot uchun, 2020 yilda «Lill» dan «Napoli» ga ko'chib o'tgan nigeriyalik hujumchi ushbu mavsumda Italiya A seriyasining 6 uchrashuvida maydonga tushgan holda, 2 gol va 1 golli uzatmani amalga oshirgan berdi.
«Napoli» 17 uchrashuvda 34 ochko jamg'argan va A Seriya turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
183