A Seriya klubiga nisbatan texnik mag'lubiyat yozildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 285

Italiya sport sudi A Seriya jamoasi «Roma»ni texnik mag'lubiyat bilan jazoladi.
Rimliklar Italiya kubogi nimchorak final bahsi doirasida «Spetsiya»ga qarshi 6 ta zaxira o'zgarishiga qo'l urgan. Ma'lumki, bu futbol qoidalariga zid hisoblanadi.
Biroq ushbu qaror «bo'rilar»ning kelgusi o'yinlariga ta'sir qilmaydi. Chunki usiz ham jamoa o'sha kuni raqibga mag'lub bo'lishdi (2:4) hamda chorak final yo'llanmasidan quruq qolishgan.
Eslatib o'tamiz, ushbu texnik jazo «joriy mavsum "Roma"ga nisbatan ikkinchi bor qo'llanmoqda. Klub o'tgan yil sentyabr oyida voyaga etmagan futbolchi Amadu Diavarani vaqtli maydonga tushirgani uchun jazolangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176