AGMK bir qator iqtidorli yosh futbolchilar bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 235

AGMK yoshlar jamoamiz safida samarador va yorqin o'yin ko'rsatgan hamda asosiy jamoaga qo'shilayotgan bir qator iste'dod sohiblari — Sheroz Jalolov, Bunyod Turg'unboev, Sardor Abdunabiev, Eldor Begimov va Kamron Abdulhamidov bilan o'rtadagi bitimlar uzaytirildi.
Umidli va iqtidorli futbolchilar, o'ng qanot himoyachisi Eldor Begimov, chap qanot himoyachisi Sheroz Jalolov, hujumkor yarim himoyachi Sardor Abdunabiev bilan 2 yilga va yarim himoyachi Bunyod Turg'unboev bilan 3 yilga hamda o'tgan yili Yoshlar Birinchiligida to'purar (17 gol) bo'lgan Kamron Abdulhamidov bilan 1+1 shaklida shartnoma uzaytirildi.
Umid qilamizki, mazkur yosh iste'dodli futbolchilar kelajakda jamoamizning muqim va muhim futbolchilariga aylanishadi.

Bosh sahifaga
220