«Arsenal» tajribali darvozabon bilan tarkibini kuchaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 395

Mikel Artetaning shaxsan o'zi Metyu Rayan bilan shartnoma imzolash orqali darvozabonlar o'rtasida raqobatni kuchaytirishga qaror qilgan. «Brayton» klubidan ko'chib o'tgan posbon ushbu mavsum oxirigacha «to'pchilar» safida, ijarada o'ynaydi.

Ma'lumot uchun, «Bryugge», «Valensiya» va «Genk» klublarida to'p surgan 28 yoshli darvozabon joriy mavsum, eski jamoasi bilan 11 ta o'yinda maydonga tushib, 19 gol o'tkazib yuborgan va 2 uchrashuvda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209