Veynaldum: "Bizga qat'iyat etishmadi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 187

«Liverpul» yarimhimoyachisi Jorjino Veynaldum APL 18-turi doirasida «Byornli»ga uchralgan mag'lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
«Juda og'ir o'yin bo'ldi. Biz raqibni yaxshi kayfiyatda kutib oldik. To'pga nazorat qilishni doimgidek mukammal bajardik.
Biroq, darvoza oldida yaratilgan o'nlab vaziyatlarni shunchaki ko'kka sovurib yubordik. Raqibda aytarli birgina imkoniyat bo'lgandi. U ham bo'lsa penaltidan. Shundan so'ng ularda ruhiy ustunlik oshib ketdi.
Ko'pchilik bizga ishonch etishmadi deb o'yladi. Unday emas, bizga qat'iyat etishmadi», - deydi futbolchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
242