Blatterning ahvoli og'ir
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 255

Sobiq FIFA prezidenti Yozef Blatterning bir necha haftalardan beri shifoxonada davolanayotganidan xabaringiz bor.
So'nggi chiqqan ma'lumotlarga ko'ra yaqinda o'tkazilgan yurak jarrohlik operatsiyasidan so'ng uning ahvoli baribir og'irligacha qolayotagni ma'lum bo'lmoqda. Bu haqda uning qizi xabar beradi: «Doktorlarning uzluksiz ko'rsatayotgan yordami sababli otamning ahvoli bir me'yorda o'zgarmay turibdi.
Biroq hali to'la sog'ayib ketish uchun bir necha oylar ketishi ma'lum bo'lyapti. U bir hafatadan beri sun'iy nafas oldirish uskunasida yotibdi. Hozir gapirolmay qolgan».
Ma'lumot uchun, Blatter 1998-2015 yillar oralig'ida FIFA prezidentligi lavozimida ishlab kelgan. Keyinchalik uning ishida korruptsiya bilan bog'liq holatlar aniqlangani bois 8 yilga futboldan chetlatilgan edi.

Bosh sahifaga
323